O‘zbekiston | 08:40
491
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash loyihalariga qiziqish bildirdi

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi vakillari Norvegiyaning TOMRA Systems ASA kompaniyasi vitse-prezidenti Tomas Morgenshtern bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Foto: Kun.uz 

“Dunyo” AA xabar berishicha, muzokaralar chog‘ida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, TOMRA Systems ASA kompaniyasi O‘zbekiston Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan.

Shuningdek, muloqot davomida ekologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun Norvegiya grantlarini jalb qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar TOMRA rahbariyatining 2026 yil iyun oyida Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishi, shuningdek, O‘zbekiston vakillarining Norvegiyaga tashrifini tashkil etish masalalari yuzasidan kelishib oldi.

Ma’lumot uchun, TOMRA Systems ASA 1972 yilda tashkil etilgan bo‘lib, chiqindilarni saralash va qayta ishlash, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish yo‘nalishlarida jahon bozorida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid