Hukumat rasmiy saytida 24 aprel kuni e’lon qilingan press-relizga köra, mazkur qonun loyihasi ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş uçun yoş böyiça çeklov joriy etişni közda tutadi.
“Biz uşbu qonunni joriy qilyapmiz, çunki bolalik — bolaligiça qolişini istaymiz. Öyinlar, döstlik va kundalik hayot algoritmlar va ekranlar ta’siri ostida qolmasligi kerak. Bu bolalarning raqamli hayotini himoya qiliş uçun muhim çora”, — dedi Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore.
Qonunga köra, çeklov bola 16 yoşga töladigan yilning 1 yanvaridan bekor qilinadi. Ya’ni, ijtimoiy tarmoqlarga kiriş huquqi maktab öquvçilari guruhlari uçun bir vaqtning özida oçiladi va bu paytda ularning yoşi kamida 15 yoş böladi.
“Men texnologik kompaniyalar yoş çekloviga rioya etilişini ta’minlaşini kutaman. Bolalarga taqiqlangan platformalarga kirmaslik mas’uliyatini ularning öziga yuklab bölmaydi”, — dedi raqamlaştiriş va davlat boşqaruvi masalalari böyiça vazir Karianne Tung.
Uning ta’kidlaşiça, kompaniyalar samarali yoşni tekşiriş tizimlarini joriy etişi va qonunni birinçi kundan boşlab bajarişi şart.
Bolalar va oila masalalari böyiça vazir Lene Vogslid aytişiça, Fransiya, Daniya, Ispaniya va Portugaliya kabi qator Yevropa davlatlari ham şunga öxşaş çoralarni körib çiqmoqda. “Yevropa Ittifoqi esa qoidalarni yanada qat’iylaştirişni qöllab-quvvatlamoqda. Biz Yevropada yetakçilar qatoridamiz va şu maqomni saqlab qolmoqçimiz”, — dedi u.
2025 yil dekabrida Avstraliyada 16 yoşga tölmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarning aksariyatiga kiriş çeklangan edi.
2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya hukumati ham bolalarni internetda himoya qiliş doirasida şunga öxşaş çoralarni, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaş masalasini körib çiqayotganini ma’lum qilgan.
2026 yil fevralda Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes ham 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kirişni taqiqlaş niyati borligini bildirgan.
“Platformalar samarali yoş tekşiriş tizimlarini joriy etişi şart — bu faqat rasmiyat uçun emas, balki haqiqatan işlaydigan tösiqlar bölişi kerak”, — dedi u.
Şuningdek, Germaniya kansleri Fridrix Mers ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişga yoş çeklovi joriy etilişini qöllab-quvvatlagan.

















