Texnologiya | 16:03 / 18.11.2016
3994
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Airbus Yaponiyaga 13 ta o‘z samolyotini yuboradi

Foto: Bloomberg

Airbus aviaqurilish kompaniyasi Yaponiyaning Peach Aviation tashuvchisiga qiymati 1,4 mlrd, deya baholangan 13 ta A320 samolyoti yetkazish shartnomasini yutib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Peach Aviation 10ta A320neo va 3ta A320ceo samolyotlari bo‘yicha shartnoma imzolagan. Kompaniya 2020 yilgacha o‘z flotini 35tagacha samolyot bilan kengaytirishni maqsad qilgan, ular soni keyinchakli 100tani tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Ma'lum qilishlaricha, Airbus bundan uch yil muqaddam Yaponiyaga samolyot yetkazib berish buyurtmasini qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda Japan Airlines xaridor bo‘lgandi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid