Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi yirik operatorlardan biri xakerlar nishoniga aylandi
Xakerlar Buyuk Britaniyaning Three Mobile mobil aloqa operatori foydalanuvchilarining ma'lumotlar bazasini buzishgan. Ular kompaniya xodimlaridan birining login va parolini bilgach, o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishgan, deb yozmoqda The Telegraph nashri.
Voqeadan xabardor manbalarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya mijozlarining uchdan ikki qismi — taxminan olti million kishiga oid ma'lumotlar keng ommaga oshkor bo‘lishi mumkin. Axborotlar bazasida foydalanuvchilarning ismi-sharifi, telefon raqamlari, manzili va tavallud kunlari mavjud bo‘lgan. Unda, hech qanday moliyaviy ma'lumot saqlanmagan.
Jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligi allaqachon 3 kishini hibsga olgan. Surishtiruv ishlari davom etayotgani xabar qilinmoqda. Britaniya operatori, xakerlar qo‘lga kiritgan ma'lumotlarini internet orqali jinoyatchilarga sotishidan xavotirlanmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026