Sport | 18:09 / 18.11.2016
4649
1 daqiqa o‘qiladi

TsSKA futbolchisi giyohvand modda iste'mol qilgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilindi

Rossiyaning TsSKA jamoasi yarim himoyachisi Roman Yeryomenko doping-test natijalari ijobiy chiqishi natijasida ikki yilga futboldan chetlashtirildi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.  

A natijalarga ko‘ra, Yeryomenkoning qonidan giyohvand modda sanalgan va Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan kokain moddasi topilgan. 

29 yoshli finlyandiyalik futbolchi chempionlar Ligasining «Bayyer»ga qarshi uchrashuvda (2:2) doping tekshiruvidan muvaffaqiyatsiz o‘tgandi. 

Endilikda Yeryomenko 2018 yil 6 oktabrga qadar hech qanday futbol turnirida ishtirok eta olmaydi. 

Futbolchi uch kun ichida UYeFAning qarori bo‘icha e'tiroz bildirib shikoyat qilishi mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid