21:50 / 18.11.2016
43149

Maxsus fotoreportaj: Erdo‘g‘an buyuk Samarqandda

Suratlar manbasi: tccb.gov.tr

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 17 noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy tadbirlari 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. O‘sha kuni Turkiya prezidenti O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston hukumati rahbari, O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, siyosatchilarning prezident qarorgohida yuzma-yuz muloqoti 2 soatu 40 daqiqa davom etgan.

Turkiya prezidentiga safar davomida bosh vazir o‘rinbosarlari Veysi Kaynak va Turg‘ul Turkesh, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qildi.

Prezident O‘zbekistonga tashrifi davomida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi. Rajab Erdo‘g‘an ziyorat davomida Imom al-Buxoriy va Imom Moturidiy majmualarida, shuningdek, Registon maydoni, Ulug‘bek, Sherdor va Tilla-qori madrasalari hamda Go‘ri-Amir maqbarasini ziyorat qildi.
Rajab Toyiib Erdo‘g‘an shu kunning o‘zida Turkiyaga uchib ketdi.

Quyida uning tashrifiga bag‘ishlangan maxsus fotoreportaj havola etiladi.

 

 

 

 

Mavzuga oid
Top