

5 noyabr kuni tunda insonlar dunyo böylab osmonda kötarilgan Superoy hodisasini tomoşa qiliş imkoniga ega böldi.

Bu noyabrdagi Superoy – şu yildagi avvalgilariga qaraganda kattaroq va yorqinroq, çunki u Yerga eng yaqin tölin oy hisoblanadi. Buning sababi — Oy Yer atrofida mukammal doira böylab emas, balki oval şakldagi orbitada harakatlanadi.

Xizmat safari bilan Germaniyaning Berlin şahrida bölib turgan Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon Ğaniyev ham yilning eng katta va eng yorqin hodisasini kameraga muhrladi.


Bu hodisa köpinça «Beaver Moon» – «Qunduz Oy» deb ataladi. Bu nom Superoylarga laqab qöyişning qadimiy an’anasidan kelib çiqqan.

Ba’zi manbalarga köra, bu nom Şimoliy Amerikadagi tub qabilalar noyabr oylarida qunduzlarni tuzoqqa tuşiriş mavsumiga tayyorlangan davr bilan boğliq.






























