Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalar saqlanib qolishi zarurligini aytishdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Barak Obama va Yevropa yetakchilari Berlinda 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiyaga qarshi sanksiyalar u Minsk kelishuvlari bo‘yicha o‘z qismini to‘liq bajarmaguncha saqlanib qolishi zarurligi haqidagi fikrga kelishgan. Bu haqda Oq uy bayonotida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, Yevropa yetakchilari Berlinda AQSh prezidenti o‘z lavozimidan ketishi oldidan uchrashishdi. IShID tomonidan solinayotgan xavf va Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha Moskvaga bosim o‘tkazish uchrashuvda muhokama qilingan asosiy masalalar bo‘ldi. Sammit ishtirokchilari Obamaning vorisi Donald Trampga hozir Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish vaqti emasligi haqida signal berishga harakat qilishgan.
Uchrashuvda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda Italiya va Ispaniya bosh vazirlari Matteo Rentsi va Mariano Raxoy ishtirok etgan.
Ta'kidlanishicha, Berlindagi uchrashuv Yevropa yetakchilari uchun Trampning AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi oqibatlarini yuzma-yuz muhokama qilish uchun ilk imkoniyat bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:44 / 27.01.2026
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan gaz importini to‘liq taqiqlashga qaror qildi
16:08 / 26.01.2026
YeIda Rossiya diplomatlari uchun cheklovlar kuchga kirdi
16:47 / 23.01.2026
Kaya Kallas: “Jazosizlik bo‘lmasligi kerak” - YeI tribunalga 10 mln o‘tkazdi
08:33 / 23.01.2026