Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
Buning evaziga Yevropa rasmiylari hamkorlarga «viza rejimini rivojlantirish va liberallashtirishda yordam» va’da qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi uchinchi mamlakatlarda Yevropa Ittifoqi hududida boshpana berish rad etilganlar uchun migratsiya markazini ochish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bunday loyihada Qozog‘iston va O‘zbekiston potensial hamkor davlatlar bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Politico anonim yevropalik diplomatga tayanib.
Yevropa Ittifoqidan tashqarida migratsiya markazini tashkil etish g‘oyasi ko‘plab mamlakatlarda qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Germaniya va Gretsiya tegishli qonun loyihasi ustida ishlamoqda. Tashabbusni amalga oshirish orqali Yevropa yetakchilari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash choralarini ko‘rayotganligini isbotlamoqchi.
Shuningdek, loyiha Yevropada o‘ta o‘ng partiyalar mashhurligining ortishi fonida qo‘shimcha dolzarblik kasb etyapti.
Yevropa Ittifoqi o‘z hududiga intilayotgan ko‘plab migrantlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan 8-10 mamlakatni, shu jumladan Markaziy Osiyo respublikalarini ko‘rib chiqmoqda. Buning evaziga Yevropa rasmiylari hamkorlarga «viza rejimini rivojlantirish va liberallashtirishda yordam» va’da qilmoqda.
Hozircha bunga Yevropa Ittifoqidagi manbalardan rasmiy izoh berilmadi. Qozog‘iston va O‘zbekiston rasmiylari ham Yevropa tashabbusiga hech qanday munosabat bildirmadi.
Mavzuga oid
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
21:39 / 22.06.2026