Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI migrantlar bo‘yicha qonunchilikni yanada qat’iylashtirmoqda
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yevropa parlamenti va Yevropa komissiyasi migratsiya siyosatiga oid yangi reglament bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Yangi qoidalarga ko‘ra, boshpana so‘rovi rad etilgan va YeI hududida qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan migrantlar uchinchi davlatlarda tashkil etiladigan maxsus markazlarga yuborilishi mumkin.
Yevropa Ittifoqi Kengashi ma’lum qilishicha, yangi reglament migrantlarni qaytarish jarayonini tezlashtirish va YeIda qonuniy asossiz yashayotgan shaxslar sonini kamaytirishga qaratilgan.
AFP agentligiga ko‘ra, bunday deportatsiya markazlarini tashkil etish g‘oyasini Germaniya, Avstriya va Daniya kabi davlatlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Agentlik ma’lumotida qayd etilishicha, kelajakda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ruanda va Uganda kabi davlatlar YeIning ehtimoliy hamkorlari sifatida ko‘rilmoqda.
Yangi reglamentda YeI hududini tark etishdan bosh tortgan migrantlarga nisbatan choralarni kuchaytirish ham nazarda tutilgan. Xususan, ularni hibsda saqlash holatlari ko‘payishi, Yevropa Ittifoqiga qayta kirish taqiqlari esa tizimli ravishda qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash doirasida ijtimoiy nafaqalarni qisqartirish yoki butunlay bekor qilish choralari ham muhokama qilinmoqda.
AFP ma’lumotiga ko‘ra, deportatsiya markazlarini uchinchi davlatlarda tashkil etish masalasi muzokaralarning eng bahsli mavzularidan biri bo‘lgan. Fransiya va Germaniya bu tizimni tezroq ishga tushirish tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, ayrim davlatlar o‘z qonunchiligini moslashtirish uchun bir yillik kechiktirishga erishgan.
Yangi reglament yaqin haftalarda Yevropa parlamenti va YeI davlatlari tomonidan rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.
Biroq huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mazkur tashabbusni tanqid qilmoqda. Ular migrantlarni o‘zlari bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan davlatlarga jo‘natish inson huquqlari buzilishi xavfini oshirishini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
23:16 / 12.06.2026