Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada isyonchilar saqlanadigan turmalarda zenit qurollari o‘rnatilgani ma'lum bo‘ldi
Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinish ishi bo‘yicha hibsga olinganlar saqlanadigan turmalarda zenit qurollari o‘rnatilgan, deb ma'lum qildi Anadolu axborot agentligi.
Zenit qurollari Anqaradagi Sinjan, Izmirdagi Shakran va Istanbuldagi Silivri turmalarida Turkiya adliya vazirligi ko‘rsatmasi bilan paydo bo‘ldi. Vazirlik hibsga olingan isyonchilar saqlanadigan turmalar qo‘riqlanishini kuchaytirishga ko‘rsatma bergan. Shuningdek, Turkiya huquq-tartibot muassasalari tomonidan fitnachilar isyon ko‘tarmoqchi va qochmoqchi ekanligi haqida axborot olgandan keyin turmalar xodimlari soni oshirilgan.
16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh fitnachilar davlat to‘ntaruviga urinishni amalga oshirgan. To‘ntaruv vaqtida 240 dan ko‘proq kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ko‘proq odam jarohat olgan. Isyon bostirilgan.
Turkiyada isyondan keyin 32 mingga yaqin kishi hibsga olingan hamda 70 mingdan ko‘proq davlat xizmatchilari o‘z ishidan bo‘shatilgan yoki chetlatilgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026