Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» «MYu»ga qarshi o‘yinda oxirgi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Bugun Angliya premer-ligasida 12-tur uchrashuvlari boshlandi. Tur o‘yinlarini «MYu» va «Arsenal» bahsi boshlab berdi.
«Old Trafford» stadionida kechgan bahs teng kurash ostida kechdi. 69-daqiqada ispniyalik xavbek Xuan Mata hisobni ochdi.
Arsen Venger o‘yinning oxirida maydonga zaxira hujumchisiga aylanib borayotgan Olive Jiruni tashladi va bu o‘yinchi almashtirish o‘zini oqladi. Fransiyalik hujumchi 89-daqiqada boshi bilan to‘pni David De Xea darvozasiga yo‘lladi 1:1.
O‘yinda hisob o‘zgarmadi va Arsen Venger shogirdlari mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi. Jamoa oxirgi marta avgustda, mavsumning birinchi turida mersisaydliklarga mag‘lub bo‘lgan.
Endilikda Joze Mourino jamoasi ochkolari sonini 19taga yetdi. «Arsenal» esa 25 ochko bilan uchinchi o‘ringa chiqdi. Turning boshqa o‘yinlari natijalariga ko‘ra, o‘rinlar o‘zgarishi ham mumkin.
O‘yin statistikasi:
Zarbalar: 12-5
Paslar aniqligi: 80%-78%
Vaziyatlar yaratish: 9-3
To‘pga egalik qilish: 49%-51%
Manchester Yunayted – Arsenal 1:1
Gol: 1:0 – 68 Mata.
Gol: 1:1 - 89 Jiru
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Jons, Darmian (Blind, 64), Valensiya, Mata, Errera, Kerrik, Pogba, Marsyal (Runi, 63), Reshford.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Jyenkinson, Koselni, Remzi, Koklen, Uolkott, O‘zil, Sanches, El-Nenni (Jiru, 73).
Ogohlantirishlar: Sanches (16), Darmian (25), Mata (69).
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026