Sport | 22:03 / 19.11.2016
8876
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino «MYu»ning «Arsenal»ga qarshi o‘yini haqida

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyu APLning 12-turi doirasida «Arsenal»ga qarshi kechgan va 1:1) hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytardi. «Kanonirlar» 89-daqiqada Olive Jiruning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

«Albatta, biz 2 ochko yo‘qotdik. Axir raqibga qaraganda yaxshiroq o‘ynayotgandik. Ularda umuman vaziyat bo‘lmagandi.

Bu yana bir mag‘lubiyat. Bunday kuchli raqibga qarshi o‘yinda durang o‘ynash fojia emas. Lekin bugun David de Xea o‘yin davomida dam oldi, Petr Chex esa 2-3 marta seyv qilishga majbur bo‘ldi. O‘yinni nazorat qila turib, g‘alabani boy berish mag‘lubiyatga teng.

Biz himoyada alohida o‘yin ko‘rsatdik, ajoyib pressing qildik va ularning qarshi hujumlarini nazoratda tutib turdik. „Arsenal“ o‘zining yagona imkonidan foydalanib qoldi. Biz birinchi marta ularni to‘xtata olmay qolgandik. Bugun ularning omadi keldi, bizniki esa yo‘q.

Ayni vaqtda „MYu“ — Premer-ligadagi eng omadsiz jamoa. Bu kundek ravshan. Biz a'lo darajadagi futbol namoyish etmoqdamiz.

Men yigitlarimizning o‘yinidan va muxlislarimizning harakatlaridan mamnunman. Ular bugungi o‘yindan keyin bizni faqat olqishlash kerakligigini bilishardi», — deya Mourinodan iqtibos keltirgan BBC Sport.

Bugungi o‘yindan keyin Mourino shogirdlari 19 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda qolmoqda.

Mavzuga oid