Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul ko‘chalariga prezidentning iste'fosini talab qilib 500 mingga yaqin odam chiqdi
Foto: © EPA
19 noyabrda Janubiy Koreya poytaxti Seulning markaziy maydoniga mamlakat prezidenti Pak Kin Xening iste'fosini talab qilib 500 mingga yaqin odam to‘plandi. Aktsiya tashkilotchilarining aytishicha, bunday norozilik namoyishlari butun mamlakat bo‘ylab, jumladan Pusan va Tegu shaharlarida o‘tmoqda. Mamlakat bo‘ylab umumiy namoyishchilar soni 800-900 ming kishiga yetgan. Namoyish o‘tkazilayotgan joyga politsiya kuchlari tortilgan, Seul markazida parallel ravishda 60 ming kishidan iborat prezident tarafdorlari namoyish o‘tmoqda.
Prezidentga qarshi namoyishda Janubiy Koreya kasaba uyushmalari, talabalar tashkilotlari, muxolif partiyalar a'zolari va ularning rahbariyatlari vakillari ishtirok etmoqda. Bu namoyish oxirgi oyda Seulda prezidentga qarshi o‘tkazilayotgan 4-namoyish bo‘lmoqda.
Hozirda mamlakat prezidentining aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi rekord darajadagi past ko‘rsatkich – 5 foizni tashkil qilmoqda. Uning faoliyatidan norozi fuqarolar soni 90 foizgacha yetgan.
Janubiy Koreya prezidenti o‘zining dugonasi Chxve Sun Silga davlat ishlariga aralashishga ijozat berganlikda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
10:01 / 30.08.2025
Toshkentdan Seulga uchadigan samolyot uchib ketish aeroportiga qaytarildi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi
17:28 / 27.11.2024