Bundan oldin Seul uşbu bannerdan xavotir bildirib, mazkur şior Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga işora sifatida qabul qilinişi mumkinligi va şu sababli RFning boşqa davlatlar bilan munosabatlarida “keskinlik keltirib çiqarişi” ehtimoli borligini aytgan. Banner 22 fevral kuni — Rossiyaning Ukrainaga tölaqonli bosqini boşlanganining tört yilligi arafasida osib qöyilgan edi.
Bannerni olib taşlaş qarori aynan nima bilan boğliq ekanini elçixona tuşuntirmagan. Biroq “Renxap” jamoatçilik tanqidiga işora qiladi: xususan, janubiy koreyalik faollar va ayrim rossiyaliklar elçixona binosi oldida yakka tartibda piketlar seriyasiga çiqqan. Masalan, Hwalbindan jamoat taşkiloti rahbari Xon Çon Sik “Putinni töxtating. Uruşni töxtating” degan yozuvli plakatni uşlab, “Bu badbaşara plakatni olib taşlang” va “Koreya Respublikasi uruşga qarşi” degan şiorlarni aytgani agentlik tomonidan keltiriladi.
Bundan taşqari, Rossiya diplomatik vakolatxonasi vatan himoyaçilari kuniga bağişlangan tadbirni ham bekor qildi. U Seul markazida, elçixona oldida köçada ötkazilişi kerak edi, ammo “oxirgi daqiqada” uni bino içiga köçirişgan.
22 fevral kuni esa RF elçixonasi Janubiy Koreya TIV bildirgan xavotirga javoban, bannerni joylaştiriş “rossiyaliklarning vatanparvarlik asosida birlaşuviga xizmat qiladi” deya bildirgan edi.








