Dekabr oyi oxiridan boşlangan norozilik namoyişlari butun davlat böylab keng tarqalmoqda. Politsiya minglab odamlarni qölga olgan, önlab odamlar halok bölgani tasdiqlandi. Namoyişçilar allaqaçon ikki şaharni egallab oldi, matbuotda “oliy rahnamo Moskvaga qoçişga tayyor” degan gaplar tarqagan. Eron 2022 yildan beri ilk bor bu qadar ommaviy norozilikka duç kelmoqda. Xöş, vaziyatdan AQŞ va Isroil foydalanib qoladimi yoki Tehron bu gal ham namoyişlarni bostirişni uddalaydimi?

Eron 2022 yilgi norozilik namoyişlaridan keyin eng katta ommaviy çiqişlar bilan yuzlaşmoqda. Yiğilganlar oliy rahnamo rejimidan norozi ekani, iqtisodiy tanazzuldan çarçaganini aytadi. Qator naşrlarga köra, Ilam viloyatidagi ikki şahar allaqaçon namoyişçilar qöliga ötgan, biroq Eron rasmiylari buni rad etadi. Maşhad va Tehrondagi namoyişlarga önlab oliy öquv yurtlari talabalari ham qöşilgan. 

Kun.uz bilan suhbatlaşgan Turkiyaning Anqara şahridagi Eronni örganiş aql markazi eksperti Javit Turkuöğlu fikriça, hozirgi namoyişlar kölami 2022 va 2009 yilgidan ança tor. Şuningdek, norozilik rejimning qulaşi bilan yakunlaniş ehtimoli past. 

“Eron xalqi taşqi aralaşuv bilan harakat qiladigan xalq emas. Namoyişlar keng, lekin bundan oldingi çiqişlar darajasida emas. Bundan taşqari, bugungi bölayotgan namoyişlar asosiy katta şaharlar markazi emas, çet-çet tumanlarda avj olgan”, deydi u. 

Şuningdek, ekspertning qöşimça qilişiça, Eronda oliy rahnamo rejimining qulaşi içkaridagi norozilik bilan emas, taşqi aralaşuvga köproq boğliq. 

“Eron masalasi AQŞ uçun ayni dam ikkilamçi darajada deb köraman. Çunki AQŞ Venesuela böyiça töliq işini yakunlagani yöq, bundan taşqari Grenlandiya masalasi bor”, deydi Javit Turkuöğlu. 

Erondagi Özbekiston elçixonasida işlagan diplomat, siyosatşunos Şoislom Akmalov fikriça, namoyişlarning aynan dekabr oxiridan avj olgani, qoçgan şohning öğli Amerikadan qayta-qayta murojaat yöllayotgani tasodif emas. Lekin hozirgi norozilik sabab Xominaiy hokimiyatiga yakun yasalişi haqida gapirişga biroz erta. 

“Bizdan unça uzoqda joylaşmagan Eronda nimalar bölayotganini kuzatib boriş juda muhim. 2022 yilda kurd qizi Aminiyning axloq politsiyasi kaltagidan vafoti ortidan yuz bergan köça namoyişlari yoki 2009 yilgi prezident saylovidan norozi bölib, Mir-Husayn Musaviyni qöllaş uçun köçaga çiqqanlar bilan soliştirilsa, hozirgi namoyişlar u qadar katta emas. Lekin markaziy davlatlar, ya’ni AQŞ va Isroilning bu masalaga aralaşişini ham inobatga oliş kerak. Nima bölsa-da, Ali Xominaiyning rejimi qulaşini gapirişga hali erta”, deydi siyosatşunos. 

Siyosatşunos tahlilçi Kamoliddin Rabbimov fikriça, Eronni yiqitiş AQŞ emas, balki Isroil uçun birlamçi darajali vazifa. Dunyo Venesuelada ötkazilgan operatsiyani körib, kuzatib turibdi, hattoki NATOdagi ittifoqçilar ham buni qöllab-quvvatlamadi. Şunday şaroitda AQŞning oliy rahnamo rejimi böyiça harakatlari va undan keyingi böladigan işlar oddiy eronliklarni taşvişlantiradi, deydi tahlilçi. 

“Isroil davlati taşkil topibdiki, asosiy maqsadi Erondagi rejimni qulatiş. AQŞ Iroqqa kirgaç, Isroil endi Eronga ham kiringlar deb gij-gijlab keladi. Venesuelani kördik, agar prezident Obama bölganida mana, Eronda xalq norozi va biz demokratiya tarafdorimiz, deganida balki işonişardi. Lekin AQŞning hozirgi qilayotgan işlari eronliklarni taşvişlantiradi”, deydi Rabbimov. 

1979 yilgi inqilob sabab ağdarilgan Muhammad Rizo Şoh Pahlaviyning öğli kunlardirki Amerika OAVlari orqali fors tilida odamlarni namoyişga çorlamoqda. Rabbimovning qöşimça qilişiça, uning Erondagi şialar va xalq içida obrösi birdek yuqori emas. 

“Rezo Pahlaviyning obrösi şialar va xalq içida bir xil kristallaşgan yuqori emas. Yuqori inflatsiya sabab mamlakat içkarisida siyosiy va ijtimoiy norozilik borligi, yildan yilda norozilik anatomiyasi şakllangani bor gap. Lekin aynan hozir va bu namoyişlar Xominaiy rejimini qulatiş ehtimoli juda past deb bilaman”, deydi siyosatşunos. 

OAV, xususan, Britaniya razvedkasiga tayangan holda The Times naşrining yozişiça, oliy diniy rahnamo allaqaçon eng yaqin odamlari va oilasi bilan Moskvaga qoçişni rejalagan. Biroq tahlilçi Javit Turkuöğli fikriça, qoçib ketiş hozirgi rejim ideologiyasiga töğri kelmaydi. 

“86 yoşli Xominaiy umrining oxirida qaysidir davlatga qoçib ketişi yoki boşqa bir mamlakatga siğinişi ularning ideologiyasiga mos kelmaydi. Ular islomiy nigoh bilan bu yölda ölimdan qörqmaydi”, deydi Anqaradagi institut tahlilçisi. 

Suhbatni Kun.uzʼning YouTubeʼdagi sahifasi orqali töliq tomoşa qilişingiz mumkin böladi. 

Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.