Sport | 08:48 / 20.11.2016
6417
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya sudi hukumatga Neymarning oilasi uchun 40 ming yevroga yaqin jarima to‘lash majburiyatini yukladi

Neymarning soliqqa oid jinoyatlari yuzasidan tekshiruv ma'lumotlari matbuotga chiqib ketgani tufayli Braziliya sudi mamlakat hukumatidan futbolchi foydasiga 20 ming yevro tovon puli to‘lash haqida qaror chiqardi.

AS nashri bergan xabarga ko‘ra, hukumat yana 14 ming yevroni Neymarning ota-onasiga to‘laydi. Shuningdek, 5 ming yevro Neymarning advokatlarga sarflagan xarajatini qoplash uchun to‘lanadi.

Sud soliqqa oid ishning muddatidan avval matbuotga chiqib ketganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Neymar 2011 yildan 2013 yilgacha soliq to‘lamaganlikda ayblangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid