Prezidentning «Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga köra, sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini oliş, manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş va tartibga soliş uçun Oliy sud tizimida Komplayens nazorat xizmati taşkil etiladi. Mazkur xizmat korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaş, sud apparati xodimlarining kasb etikasiga rioya etişini monitoring qiliş hamda işga qabul qiliş jarayonlarida şaffoflikni ta’minlaş bilan şuğullanadi.
Farmon bilan sud apparati xodimlari, şuningdek ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş tizimini joriy etiş vazifasi belgilandi. Bundan taşqari, manfaatlar töqnaşuvi holatlarini deklaratsiya qiliş mexanizmi ham işga tuşiriladi.
Belgilangan rejaga muvofiq, 2027 yil 1 mayga qadar sud apparati xodimlari tomonidan deklaratsiyalarni taqdim etiş, ularni tekşiriş va tahlil qilişning avtomatlaştirilgan elektron tizimi işga tuşiriladi.
Şu bilan birga, sud tizimida korrupsiya, şubhali sxemalar va intizom buzilişlariga olib keluvçi omillarni aniqlaşga xizmat qiluvçi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boşqariş elektron axborot tizimi ham yaratiladi.
Farmon sud tizimida şaffoflikni oşiriş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini kuçaytiriş va jamoatçilikning sudlarga bölgan işonçini mustahkamlaşga qaratilgan.













