8 iyun kuni Massaçusets ştati federal okrug sudi sudyasi Leo Sorokin H-1B vizasi uçun ariza topşirişda undiriladigan 100 ming dollarlik yiğimni bekor qiliş haqida qaror çiqardi. Mazkur yiğim Donald Tramp ma’muriyati tomonidan 2025 yil sentabr oyida joriy etilgan edi.

Sud qarori 20 ta ştat tomonidan kiritilgan da’vo arizasi asosida qabul qilindi. Sudya Sorokin öz qarorini asoslar ekan, uşbu yiğim amalda yangi soliq turi hisoblanişini va prezidentda bunday soliqni mustaqil joriy etiş vakolati mavjud emasligini ta’kidladi.

«Prezident H-1B vizasi uçun ariza beriş jarayoniga soliq joriy etiş böyiça na konstitutsiyaviy, na qonun bilan berilgan vakolatlarga ega emas», deyiladi sud qarorida.

Şu bilan birga, AQŞning boşqa bir federal sudi avvalroq uşbu yiğimni qonuniy deb topgan edi. Hozirda mazkur qaror ustidan şikoyat qilinib, apellyatsiya jarayoni davom etmoqda.

H-1B vizasi AQŞda yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni işga jalb qiliş uçun möljallangan dastur hisoblanadi. Undan asosan axborot texnologiyalari, muhandislik, tibbiyot va ilmiy tadqiqot sohalarida faoliyat yurituvçi yirik kompaniyalar foydalanadi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, har yili tasdiqlanadigan H-1B vizalarining qariyb uçdan ikki qismi Hindiston fuqarolari hissasiga töğri keladi.

Tramp ma’muriyati mazkur yiğimni migratsiya siyosati doirasida joriy qilgan bölib, Oq uy bu qarorni amerikalik fuqarolar uçun iş örinlarini himoya qiliş zarurati bilan izohlagan edi. Unga qadar H-1B vizasini rasmiylaştiriş xarajatlari odatda 5 ming dollardan oşmasdi.

Kuzatuvçilar fikriça, sud qarori AQŞ mehnat bozori uçun muhim ahamiyatga ega bölib, yuqori malakali xorijiy kadrlarni jalb qiliş jarayoniga ta’sir körsatişi mumkin.