Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Melanya Trampning biografiyasida ba'zi tuzatishlar qilindi
Foto:Getty images
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning rafiqasi Melanya Trampning rasmiy biografiyasida ta'lim haqidagi bandiga ba'zi tuzatishlar kiritildi, deb xabar bermoqda The Huffington Post nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning bo‘lg‘usi birinchi xonimi biografiyasiga ikki sloveniyalik publitsist Bojan Pozar va Igor Omerza e'tibor qaratishgach, tegishli tuzatishlar kiritilgan. Bu Melanya Tramp iyulda Respublikachilar partiyasida nutq so‘zlagandan keyin yuz bergan. Shundan keyingi kun Pozar va Omerza Melanyaning "Dizayn va arxitektura" ixtisosligi bo‘yicha yakunlangan oliy ma'lumoti borligi haqidagi axborot haqiqatga mos kelmasligini, chunki u universitetni bir yil o‘qigandan keyin tashlab ketganini aytishgan.
Shundan keyin Melanyaning biografiyasi uning portalidan olib tashlanib, uning turmush o‘rtog‘i Donald Tramp saytida paydo bo‘lgan. Endi unda aytilishicha, asli sloveniyalik bo‘lgan missis Tramp 16 yoshida model sifatida faoliyatini boshlab, Milandagi model agentligi bilan shartnoma tuzgan. Axborotda aytilishicha, u Lyublyana universitetida oliy ma'lumot olishi mumkin bo‘lgan, biroq model faoliyati uchun o‘qishini tashlashiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
09:24 / 19.10.2018
Tramp samolyotdagi favqulodda vaziyatdan so‘ng rafiqasini maqtadi
10:55 / 13.10.2018
«Haqiqatdan ham tupurganman». Melanya Tramp mojaroli vaziyatga izoh berdi
08:56 / 04.06.2018
Melanya Kim Chen In bilan uchrashuvda Trampga hamrohlik qilmaydi
00:28 / 20.05.2018