Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp samolyotda tutun paydo bölgan paytda özini xotirjam tutgan rafiqasi Melanya Trampni maqtadi. U bu haqda Montanadagi miting davomida ma'lum qildi, tadbirdan töğridan-töğri translyatsiya Trampning feysbukdagi sahifasida efirga uzatildi.
Amerika yetakçisining tan olişiça, samolyot bortidagi yonğin haqida xabar berişganida, u boşqa heç narsa aytmaslikni söragan.
«Ular tezlik bilan pastlaşdi. Ajoyib uçuvçilar. Melanya ham özini juda xotirjam tutdi», - degan Tramp.
Uning sözlariga köra, Melanya Tramp favqulodda vaziyat paytida qörqib ketmagan.
«U nima qildi? U şu darajada xotirjam bölganki, biz bunga işonmadik ham. Hammaning yuzida nam soçiq bölgan, men ham, ehtimol, şunday qilgan bölardim, u esa qanday ötirgan bölsa, şunday ötiravergan. U şunday. U ajoyib birinçi xonim», - deya qöşimça qilib ötdi Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq Melanya Trampning samolyoti bilan favqulodda vaziyat yuz bergani xabar qilingandi.












