Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Merkel 4-muddatga kansler lavozimiga nomzodini qo‘yishga tayyorligini ma'lum qildi
Foto: Getty Images
Germaniya kansleri Angela Merkel 4-muddatga kansler lavozimiga nomzodini qo‘yishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Merkel bu haqda Berlinda o‘zining "Xristian-demokratik ittifoq" partiyasi prezidiumining yopiq majlisida aytib o‘tdi. Merkel bu haqda 20 noyabr mahalliy vaqt bilan soat 19:00da (Toshkent vaqti bilan 23.00) rasman ma'lum qilishi kutilmoqda.
Merkel ilk marta 2005 yilda kansler bo‘lgan. Hanuzgacha bu lavozimda faqatgina Gelmut Kol to‘rt muddat o‘tirgan, u bu lavozimni 1982-1998 yillar davomida egallagan.
Jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti Emnid tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ma'lumotlariga ko‘ra, 55 foiz nemislar Merkelning qayta saylanishini istashmoqda, 39 foiz nemislar esa bunga qarshi chiqishmoqda.
Mavzuga oid
08:52
Mers Xitoyda Pekinni Ukrainada tinchlik uchun RFga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
13:07 / 25.02.2026
Pekin: Ukrainadagi urush Xitoy va YeI munosabatlariga xalaqit bermasligi kerak
16:21 / 19.02.2026
Mers Germaniyada yadroviy qurol paydo bo‘lishini istisno etdi
14:13 / 19.02.2026