Jahon | 23:00 / 21.11.2016
12792
2 daqiqa o‘qiladi

Yanukovich Ukrainada hokimiyatning qo‘lga olinishi borasidagi fikrlarini bildirdi

Foto: © RIA

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2014 yil fevralida Kiyevning bosh maydoni – "Maydan"dagi voqealar avvaldan rejalashtirilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

"Men Ukrainadagi siyosiy inqirozni tartibga solish haqidagi kelishuvni imzolaganimdan keyin biz qanday kelishuvni imzolamaylik, hokimiyatni qo‘lga olish va davlat to‘ntaruvi avvaldan rejalashtirilgani va bundan qutulishning iloji yo‘qligini angladim. Ya'ni bu voqealar bizning harakatlar natijasida bo‘lmagan", deb aytgan Yanukovich amerikalik rejissyor Oliver Stounning "Ukraina olov ichida" deb nomlangan filmida bergan intervyusida.

Film premerasi 21 noyabrda Rossiya telekanallaridan birida bo‘lib o‘tdi.

Yanukovichning fikricha, AQSh vakillari Ukrainadagi noroziliklarni rejalashtirish va boshqarishda faol ishtirok etganlar.

"Biz Bayden bilan muntazam muloqot qilib turganmiz, men u bilan telefonda suhbatlashganman, biroq gap shundaki, janob Bayden boshqa narsa aytgan, Ukrainada esa umuman boshqa narsa qilingan. AQShning Ukrainadagi elchisi o‘z idorasida "maydan" vakillarini muntazam qabul qilgan, biz buni juda yaxshi bilganmiz, biz buni kuzatganmiz va bizda AQSh elchixonasida bu jarayonni boshqarib turgan shtab mavjuddek tasavvur paydo bo‘lgan", deb ta'kidlab o‘tdi Yanukovich.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid