Angela Merkelning 11 yillik faoliyati (fotojamlanma)
Germaniyada ajoyib karera qurishga muvaffaq bo‘lgan Angela Merkel ketma-ket to‘rtinchi muddatga mamlakat kansleri lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Kimyo sohasi mutaxassisi, qachonlardir barcha nemislarning sevimli yetakchisi so‘nggi paytlarda o‘zining migratsion siyosati tufayli ko‘p yurtdoshlarining g‘azabiga duchor bo‘lmoqda. "Men sportda katta muvaffaqiyatlarga erishmaganman, lekin tilim o‘tkir bo‘lgan. Men jamiyatda, odamlar orasida bo‘lishni yoqtirardim, doim nimalarnidir tashkillashtirish, qandaydir bayramlarga tayyorgarlik ko‘rishni xush ko‘rardim", - der edi avvallari Merkel. O‘shandan buyon hech narsa o‘zgarmadi, frau to‘rtinchi muddat sari qadam qo‘ymoqda, demak, uning bayrami davom etishi mumkin. Gazeta.ru nashri Merkelning suratlaridan iborat fotojamlanmani taqdim etdi.
Angela Merkelning GFR vazirlar mahkamasidagi haftalik majlislarida olingan suratlaridan tuzilgan kollaj, 2009 yil
Angela Merkel Berlindagi rojdestvo archasi fonida, 2005 yilning 25 noyabri
Angela Merkel va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tomskdagi «Vechnyy zov» restoran-traktirida, 2006 yilning apreli
Angela Merkel Amerika prezidenti Barak Obama bilan Germaniya janubidagi Elmau saroyida "katta yettilik" uchrashuvi maydonlarida, 2015 yilning iyuni
Angela Merkel va Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi mamlakatning birinchi xonimi Karlo Bruni-Sarkozi uyida uyushtirilgan lanch oldidan, 2008 yilning 24 noyabri
Angela Merkel Berlindagi maktab o‘quvchilari bilan, 2014 yilning mart oyi
Angela Merkel Germaniya shimoli-sharqidagi parkda lemur bilan, 2015 yilning apreli
Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi yetakchisi Angela Merkelning Borkum oroliga tashrifi, 2014 yilning avgusti
Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Angela Merkel Bonndagi ko‘rgazmada Daimler-Benz konserni avtomobili yonida, 1998 yilning marti
Angela Merkel Frantsisk papasi qabulida, Vatikan, 2013 yilning may oyi
Angela Merkel 212A loyihasining suv osti kemasini ko‘zdan kechirmoqda, Boltiq dengizi, 2006 yilning 31 avgusti
Angela Merkel va Italiya bosh vaziri Silvio Berluskoni "katta sakkizlik" sammiti maydonlarida muzokaralar boshlanishidan oldin, Yaponiya, 2008 yil
Germaniya kansleri Angela Merkel va Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Nyuportdagi NATO sammitida, 2014 yil
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel G20 sammitida, Sankt-Peterburg, 2013 yil
Angela Merkel Time jurnali muqovasida, 2015 yil
Mavzuga oid
14:46 / 08.03.2024
O‘zbekiston ayollari yigirmanchi asrda – arxiv suratlarida xotin-qizlar hayoti
16:47 / 23.11.2023
Time 2023 yilning eng ta’sirli suratlarini e’lon qildi (fotojamlanma)
11:45 / 30.07.2023
Oxirgi mingyillikdagi eng issiq oyni dunyo va O‘zbekiston qanday o‘tkazdi? (fotojamlanma)
14:00 / 08.04.2023