Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi zilzila vaqtida osmonda noma'lum jism qayd qilindi
Yaponiyalik o‘smirning Fukusima prefekturasi yaqinida 7,3 magnitudalik zilzila yuz berishidan keyinoq suratga olgan videosi mutaxassislarni xavotirga qo‘ydi.
21 noyabrdan 22 noyabrga o‘tar kechasi Fukusima prefekturasi ustidan osmonda noma'lum jism yorqin iz qoldirib uchib o‘tgan. Daily Mirror nashri jurnalistlari ma'lumotlariga ko‘ra, noma'lum uchar jism katta meteorit bo‘lgan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarning ba'zi foydalanuvchilari bu noma'lum jism bilan go‘yoki Shimoliy Koreya yoki Xitoy tomonidan maxfiy gipertovushli qurolning sinalishi o‘rtasida aloqa borligini ta'kidlashmoqda.
Hozircha Yaponiyaning kompetent idoralaridan bunga hech qanday izoh berilmagan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026