08:28 / 22.11.2016
24461

Harbiy xizmatda bo‘lgan talabalarga moddiy yordam bekor qilindi

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati respublika Qurolli kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tab, to‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish amaliyotini to‘xtatadi. Bu haqda Podrobno.uz sayti yozmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligining qo‘shma qarori bilan 2006 yil 12 sentabrida qabul qilingan qo‘shma qaror o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topildi. Unga ko‘ra, yoshlar tashkiloti armiyada bo‘lib qaytgan talabalarga, to‘lov mablag‘ining 30 foizini qoplash bilan moddiy yordam ko‘rsatib kelar edi. 

Hujjat OAVda e'lon qilingan kundan kuchga kiradi. 


 

Top