Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoayg‘oqchilar eng yirik BMW modelini suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi
Foto: Motor.ru
Germaniyaning BMW kompaniyasi eng yirik yo‘ltanlamasining prototipini sinovga olib chiqdi. Yangi avtomobil X7 deb nomlanishi kutilmoqda. Mashinaning Germaniya yo‘llarida olingan josuslik suratlari Autocar nashrida chop etildi.
Suratlardan bo‘lg‘usi seriyali model kuzovining shaklini taxmin qilish mumkin. Yo‘ltanlamasning ilk tizeri BMW kompaniyasining bir yillik ishlari yakuni hamda Bavariya savdo belgisining kelajagiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ilk bora namoyish etilgandi. Xabarlarga ko‘ra, X7 ikki xil namunada ishlab chiqiladi: biri yetti o‘rindiqli bo‘lsa, boshqa biri hashamatli ko‘rinishda va 4 o‘rindiqqa ega bo‘ladi.
BMW marketing va savdo bo‘limi rahbari Iyen Robertsonning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning eng yirik o‘lchamli modeli nafaqat X5 platformasining uzaytirilgan namunasi negizida barpo etiladi. Ayrim butlovchi qismlar va detallar maxsus ishlab chiqiladi. Avvalroq, X7 oltinchi avlod 7-Series avtomobillari barpo etiladigan CLAR shassisi asosida ishlab chiqilishi taxmin qilingan edi.
Modelning motorlari qatorida olti va sakkiz silindrli agregatlar ham bo‘ladi. Bundan tashqari, V12 va gibridli modifikatsiyalari ham paydo bo‘lishi mumkin.
BMW X7 AQShning Spartanberg shahrida yig‘iladi. 2018 yildan dillerlarga yetkazilishi kutilayapti.
Mavzuga oid
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
18:16 / 12.05.2026
AQSh butun dunyo bo‘ylab 120 ta biolaboratoriya ishini o‘rganadi
17:39 / 12.05.2026
Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi
23:12 / 11.05.2026