Ronaldu Yevro-2016 finalida g‘alabaga qanday erishilgani haqida gapirdi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 finalidan oldingi kechinmalari va hissiyotlari haqida gapirib o‘tdi.
«O‘yindan oldingi mashg‘ulotga chiqqanimda, fransuzlarni biroz xotirjamlikka berilgan holatda ko‘rdim. Ular xuddi finalda g‘olib chiqqandek xursand edi. Mana shu narsa bizga qo‘l kelgan.
Men jamoadoshlarimga qarata: «Yigitlar, fransuzlar bizni osonlikcha mag‘lub etish haqida o‘ylamoqda, biroq bu bizni final bo‘ladi. Ular Portugaliyani qanchalik kuchli ekanini ko‘rishi kerak», dedim.
Ularning xatti-harakatlaridan xotirjamlikka berilishganini ko‘rdim va sardor sifatida bundan foydalanib qoldim», degan Ronaldu France Football nashri muxbiriga.
Portugaliya terma jamoasi Yevro-2016 finalida qo‘shimcha bo‘limlar vaqtida Fransiyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Mavzuga oid
00:39 / 16.12.2016
Yevro-2016 musobaqalarini rekord darajadagi tomoshabin kuzatib borgan
11:47 / 09.11.2016
Nikola Ritstsoli Yevro-2016ning eng yaxshi hakami deb topildi
09:46 / 09.11.2016
Sent-Eten shahri Yevro-2016 musobaqasida sarflaganidan 17 barobar ko‘p daromad qildi
19:19 / 16.07.2016