Yevropa chempionatining Fransiyada o‘tishi Sent-Eten shahri byudjyetiga katta foyda keltirdi.

Shahar meriyasining ma'lum qilishicha, musobaqani o‘tkazishdan tushgan daromad 45,1 million yevroni tashkil qilgan. Bu sarflangan pullardan 17 marta ko‘p demakdir.

UYeFAning mehmondo‘st shaharlar reytingida Sent-Eten Parij va Nitstsadan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi.

Yevro-2016 chempionati finalida mezbon Fransiyani yenggan Portugaliya o‘z tarixida ilk marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.