11:47 / 09.11.2016
3739

Nikola Ritstsoli Yevro-2016ning eng yaxshi hakami deb topildi

Foto: skysports.com

Yevro-2016 musobaqasining eng yaxshi hakami aniqlandi. Bu sovringa italiyalik hakam Nikola Ritstsoli loyiq deb topildi. 

Julio Kampanati nomli sovrinning topshirish marosimi 15 noyabr kuni "San-Siro"da bo‘lib o‘tadigan Italiya hamda Germaniya termalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tadi. 

Ma'lumot uchun Yevro-2016da Ritstsoli to‘rtta uchrashuvni boshqarib bordi. Xususan Fransiya va Germaniya (2:0) termalari o‘rtasidagi yarim final ham shular qatoriga kiradi. 

Eslatib o‘tamiz, Nikola Ritstsoli JCh-2014 musobaqasida ham tengsiz deb topilgandi. 

Mavzuga oid
Top