Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple kompaniyasining smartfonlar savdosidan tushgan umumiy daromaddagi ulushi rekord darajaga yetdi
Apple kompaniyasining 2016 yil 3-chorakda butun dunyo bo‘ylab smartfonlar savdosidan tushgan umumiy daromaddagi ulushi rekord darajadagi 91 foizga yetdi, deb xabar bermoqda Strategy Analytics tadqiqot kompaniyasi.
Ko‘rilayotgan davrdagi global operatsion daromad 9,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Undan 8,5 mlrd dollari aynan Apple’ga tegishlidir.
Bu borada 2-o‘rinni 2,4 foiz va 0,2 mlrd dollar bilan Huawei egalladi. Bu kompaniya birinchi marta Android operatsion tizimida ishlovchi smartfon sotuvchi eng serdaromad kompaniya bo‘ldi.
Undan keyingi o‘rinlarni Vivo va Oppo egalladi. Shu tariqa Xitoyning 3 ta kompaniyasi smartfonlar sotuvchi eng serdaromad kompaniyalar qatoridan joy olgan.
Avvalroq 2016 yil 3-chorakda sotilgan 10 smartfondan 9 tasi Android’da ishlovchi smartfon bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026