Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi federatsiyaga shart qo‘ydi
Foto: Reuters
JCh-2018 saralashida O‘zbekiston terma jamoasi bilan A guruhidan joy olgan Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Fossati ma'lum qildiki, agar Qatar futbol federatsiyasi (QFA) milliy terma jamoaga xorijiy futbolchilarni naturallashtirishga taqiq qo‘llasa, o‘z lavozimini tark etadi.
Undan oldinroq QFA mahalliy futbolchilar manfaatlari uchun xorijlik futbolchilarni terma jamoaga jalb etishni to‘xtatish varianti ko‘rib chiqilishi haqida ma'lum qilgandi.
«Men futbolchilarni naturallashtirishni bas qilish rejasi haqida eshitdim. Men bunga mutlaqo qarshiman. Agar federatsiya shu yo‘nalishdan ketishni istasa, men ularning qarorini hurmat qilgan holda Qatar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy izlashni taklif qilaman», — deya Fossatining so‘zlarini keltirgan L’Equipe.
JCh-2018 saralashi doirasida Xitoyga qarshi kechgan o‘yinda Qatar terma jamoasi safida naturallashtirilgan 6 nafar futbolchi ishtirok etdi.
Qatar terma jamoasi ayni vaqtda guruhdagi 6 terma jamoa ichida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Qayd etish kerakki, bu davlatda 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi belgilangan.
Mavzuga oid
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
20:13 / 19.03.2026
Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi ko‘tarilib ketdi
22:38 / 17.03.2026
Finalissima-2026 bekor qilindi: Ispaniya – Argentina o‘yini o‘tkazilmaydi
19:08 / 14.03.2026