Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Erdo‘g‘an hukumat tepasida 2029 yilga qadar qolishi mumkin
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an hukumat tepasida 2029 yilga qadar qolishi mumkin. Bunga konstitutsiyaga kiritiladigan ehtimoliy tuzatishlar ko‘mak beradi, deb yozmoqda The Guardian.
Erdo‘g‘an tomonidan asos solingan Adolat va rivojlanish partiyasi, manbalar so‘zlariga ko‘ra, mamlakat konstitutsiyasiga prezidentga o‘z vazifasida 2029 yilga qadar qolish imkonini beruvchi tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazish haqida qonun loyihasini taqdim qilish niyatida.
Amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, keyinroq davlatda bosh vazir lavozimi bekor qilinishi mumkin. Ayni damda Erdo‘g‘an va uning partiyasi Turkiyada prezidentlik respublikasini yaratish maqsadida. Ta'kidlanishicha, bosh vazir o‘rniga turk prezidentida ikkinchi o‘rinbosar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026