Sport | 12:49 / 23.11.2016
13967
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu ko‘chada odamlar o‘zini tanib qolmasligi uchun niqoblandi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Parijda yangi ma'shuqasi bilan niqoblangan holda sayr qilayotgan  mahal "qo‘lga tushdi".

Futbolchi fotomodel Jorjina Rodriges bilan birga Parijda sayr qilib yurganida fotomuxbirlar obektiviga tushib qolgan.

Krishtianu jurnalistlar nigohidan chetda qolish maqsadida hatto parik taqib olgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zini oshkor qilib qo‘ygan.

Shu bilan birgalikda OAVning yozishicha, bu suratlar tarqalishi futbolchining piarmeni g‘oyasi bo‘lib, bu orqali uni faqat ayollar o‘ziga jalb etishini ko‘rsatib qo‘yishmoqchi bo‘lishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid