Pentagon rahbari Pit Hegset jurnalistlarga Mudofaa vazirligi binosining aksariyat hududiga maxsus hamrohsiz kirişni taqiqlovçi buyruqni imzoladi. Uning sözlariga köra, çeklovlar maxfiy ma’lumotlar himoyasini kuçaytiriş uçun zarur.
«Pentagon oldingidek şaffoflik tamoyiliga sodiq bölsa-da, idora şu bilan birga maxfiy va sir tutilişi lozim bölgan razvedka ma’lumotlarini himoya qiliş majburiyatiga ham ega. Bunday ma’lumotlarning ruxsatsiz oşkor qilinişi AQŞ harbiy xizmatçilari hayotini xavf ostiga qöyişi mumkin», — deydi Hegset.
Buyruqqa köra, akkreditatsiyaga ega jurnalistlar Pentagon ştab-kvartirasiga kiriş uçun rasmiy ruxsat olişi kerak. Bino böylab harakatlanişida esa ularga maxsus xodim hamrohlik qiladi.
Idora press-puli manfaatlarini tarğib qiluvçi Pentagon matbuot assotsiatsiyasi yangi qoidalari OAV erkinligiga töğridan töğri tahdid deb atadi. Ularning ta’kidlaşiça, jurnalistlar har doim, hatto 2001 yil 11 sentabr teraktidan keyin ham Mudofaa vazirligi böylab tösiqsiz harakatlangan.












