Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti rektori ToshDO‘TAUning ochilishiga ijobiy baho berdi
2016 yilning 17-18 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida “Turkologiyaning hozirgi zamon muammolari: til-adabiyot-madaniyat” mavzuida xalqaro konferensiyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada 15 dan ortiq mamlakatlardan professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchilari Ismoilov G‘ulom, Otajonova Manzura hamda Nodirbek Jo‘raqo‘ziyevlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti rektori professor V.M. Filipov konferensiya ishtirokchilarini tabriklar ekan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti haqida to‘xtalib, mazkur oliy dargohning ochilishiga yuksak baho berdi. Rektor o‘z so‘zida universitetga buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy nomi berilganligini alohida e'tirof etar ekan, bunday quvonchli hodisalar turkiy tillar rivojida katta ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
10:13 / 08.04.2026
Neft, gaz va o‘g‘it: Ho‘rmuz sabab RF daromadlari keskin oshishi mumkin
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
09:45 / 08.04.2026
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
09:26 / 08.04.2026