Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa rahbari uchuvchilarning shartlari bajaralishi qanday xavf solishini ma'lum qildi
Foto: © AFP
Agar Deutsche Lufthansa AG aviakompaniyasining norozilik bildirayotgan uchuvchilarining barcha shartlari bajarilsa, kompaniyada omon qolishga hech qanday imkoniyat bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda aviakompaniya bosh direktori Karsten Shpor.
21 noyabrda uchuvchilar va bortkuzatuvchilarni birlashtiruvchi Cockpit (VC) kasaba uyushmasi 23 noyabrda bir kunlik ish tashlash aksiyasi bo‘lishini e'lon qilgandi. Keyinroq esa norozilik aksiyasi 25 noyabr kechki paytgacha davom etishi ma'lum bo‘lgan. Lufthansa ish tashlash vaqtida 912 ta reysni bekor qilishga majbur bo‘lmoqda.
"Oxirgi oylar biz turli yaxshilangan takliflarni bildirganmiz. Yechimga faqatgina hakamlik sudi orqali kelish mumkin", deb aytdi Shpor "Blumberg" axborot agentligiga bergan intervyusida.
"Biz yana o‘sish uchun imkoniyatga ega bo‘lmoqchimiz. Bu biz intilayotgan narsadir. Biz qisqartirishlarni to‘xtatib, kompaniyaning yana o‘sishiga erishmoqchimiz. Buni qilishimiz uchun bizga raqobatbardosh tuzilmalar zarur", deb aytgan Shpor. Uning aytishicha, ish tashlash kuniga 10 mln dollar ziyon keltirishi mumkin.
Lufthansa Group Yevropadagi eng yirik aviakompaniyalardan biri bo‘lib, uning bosh qarorgohi Germaniyaning Kyoln shahrida joylashgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya shtati 124,192 ming kishidan iborat. Kasaba uyushmasi kompaniya bilan 5 yildan beri maoshlarning har yili 3,66 foizga oshirilishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid
13:36 / 30.09.2025
Lufthansa 2030 yilgacha 4000 xodimni qisqartirishga tayyorlanmoqda
21:32 / 10.09.2025
Ish tashlash huquqi qonun bilan mustahkamlanadi
22:35 / 03.07.2025
Fransiyada aviadispetcherlar ish tashlash e’lon qildi. Bu Yevropada 1,5 mingta reysning bekor qilinishiga olib keladi
19:18 / 12.03.2025