Oq kamalakni ko‘rganmisiz?
Suratkash Melvin Nikolson Shotlandiyadagi Lox-Rannox ko‘li g‘arbidagi Rannox-Mur nomli botqoq joyda noyob tabiiy manzara - oq kamalakni muhrlashga muvaffaq bo‘ldi. Buzzfeed nashri shu haqida ma'lum qildi.
44 yoshli suratkashning fikricha, bunday kamalakka ilk marta duch kelganining o‘ziyoq katta omad.
"Men avval hech qachon bunday manzaraning guvohi bo‘lmagandim, mana endi uning nima uchun bunday noyob hodisa ekanligini anglab yetdim. Bunday ajoyib manazarani quyosh ortda qolgandagina ko‘rish mumkin".
Melvin Nikolson
Oq kamalak ko‘pincha rangsiz bo‘ladi va bulut yoki tuman ichidagi mayda tomchilar orqali hosil bo‘ladi. Bunda yorug‘lik difraksiyasi ranglarning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Kamalakning bunday turi ko‘pincha tepaliklar va tog‘larda uchraydi.
Manba: Xabardor.uz
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
10:27 / 02.11.2024
In qurishga xomashyo, suzish uchun sol: yovvoyi tabiat plastikka qanday qilib moslashdi?
15:46 / 30.10.2024