Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 2016 yilda 9 mingdan ortiq inson alkogoldan zaharlanish tufayli halok bo‘ldi
Rossiyada 2016 yilning birinchi uch kvartali davomida 9,3 ming kishi alkogol sabab zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Rossiya iste'molchilar nazorati (Rospotrebnazor) matbuot xizmati xabar berdi.
«Rossiya Federatsiyasida 2016 yilning to‘qqiz oyida 36 mingdan ortiq tarkibida spirt bo‘lgan mahsulotlardan zaharlanish qayd etildi. Ulardan 9,3 ming holati ayanchli yakun topdi», - deyiladi xabarda. Biroq, muassasa ma'lumotiga ko‘ra, alkogol mahsulotidan o‘tkir zaharlanish holati 2013 yildan beri asta-sekin kamayib bormoqda.
Xizmatda ta'kidlanishicha, ko‘pincha etanol, noma'lum bo‘lgan spirt (denaturat, odekolon va parfyumeriya mahsulotlari, oyna tozalovchi vositalar, soxta alkogol, texnik spirt, tormoz suyuqligi, tolos, etilenglikol), boshqa spirtlar, metanol, 2-propanol, spirt tozalashda hosil bo‘ladigan moy bilan o‘tkir zaharlanish ro‘yxatga olinmoqda.
«Zaharlanish hollarida etanol bilan zaharlanish katta darajaga ega (76 foiz). Shu bilan bir qatorda, so‘nggi yillarda metanol bilan zaharlanish miqdori ham oshib borayapti», - deyiladi muassasada.
Rossiya iste'molchilar nazoratida alkogol mahsulotlarini masofadan turib sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarga e'tibor qaratishdi.
«Rospotrebnadzorning hududiy organlari tomonidan 2015 yil noyabridan 2016 yil noyabriga qadar sudga internet tarmog‘idagi saytlarda joylashtirish kabi alkogol mahsulotlarini masofadan turib sotish haqida ma'lumot tarqatishni taqiqlashni tan olish maqsadida 600 dan ortiq ariza amalga oshirildi, - ta'kidlab o‘tildi matbuot xizmatida. – Natijada, sud organlarining qaroriga ko‘ra, deyarli 500 sayt va sahifa tarqatishga man etilgan ma'lumotga ega bo‘lgani tan olindi hamda ularni yopib qo‘yish qaror qilindi».
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026