Agentlik ma’lumotiga köra, Rossiya FXXga böysunuvçi Çegara xizmati kema kompaniyalariga Azov-Don dengiz kanali orqali kemalar ötişi uçun arizalar qabul qilinişi vaqtinça töxtatilgani haqida xabarnoma yuborgan. Çeklovlar qança vaqt amal qilişi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Manbalardan biri, şuningdek, Qora dengiz va Azov dengizini boğlovçi Kerç böğozi orqali ham kemalar harakati vaqtinça töxtatilganini ma’lum qilgan. Biroq Rossiya rasmiy idoralari bu qaror sabablarini izohlamagan. Reutersʼning qişloq xöjaligi va transport vazirliklariga yuborgan sörovlari ham javobsiz qolgan.

Bir neça kun avval Ukraina Qurolli kuçlari Azov dengizidagi Rossiya kemalariga qarşi keng kölamli dron amaliyotlari ötkazilganini ma’lum qilgan edi. Ukraina Qurolli kuçlarining uçuvçisiz tizimlar qöşinlari qömondoni Robert Brovdi (“Madyar“) 9 iyul kuni özining Telegram sahifasida tört kun içida kamida 25 ta kema nişonga olingani haqida röyxat e’lon qildi. Uning qayd etişiça, ayrim kemalar bir neça marta hujumga uçragan.

Ukraina tomoni ma’lum qilişiça, nişonga olingan kemalarning aksariyati neft tankerlari bölib, ular Rossiyaning xalqaro sanksiyalar ostidagi «yaşirin floti» tarkibiga kiradi. Şuningdek, bir qator quruq yuk kemalari ham hujumlarga uçragan.

Rossiya rasmiylari Azov dengizidagi kemalarga hujumlar keskin köpaygani haqidagi ma’lumotlarga hozirça izoh bermagan. Biroq ayrim voqealar rasman tasdiqlangan. Xususan, Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar 8 va 9 iyul kunlari Taganrog qöltiğida kamida törtta tanker dronlar hujumiga uçraganini bildirgan. Uning sözlariga köra, kemalar yengil şikastlangan.

Reuters ta’kidlaşiça, Azov dengizi sohillarida joylaşgan Rostov viloyati va Krasnodar ölkasi Rossiyaning asosiy ğalla yetiştiruvçi hududlari hisoblanadi. Şuningdek, mamlakat ğallaning katta qismini Azov–Qora dengiz havzasi orqali eksport qiladi. Şu bois mazkur yönalişdagi çeklovlar Rossiyaning eksport logistikasiga ta’sir körsatişi mumkin.

Azov dengizidagi hujumlar haqidagi xabarlar va kema qatnovi töxtatilişi mumkinligi töğrisidagi ma’lumotlar ortidan Euronext birjasida buğdoy narxi bir kun içida 4 foizdan ortiq oşdi. 10 iyul kuni qayd etilgan körsatkiç sönggi olti haftadagi eng yuqori daraja böldi.