Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota butun dunyo bo‘ylab 833 mingta minivenini qaytarib olmoqda
Foto: wsj.com
Yaponiyaning Toyota avtogiganti eshikdagi nosozlik tufayli butun dunyo bo‘ylab 833 mingta Sienna minivenini qaytarib olmoqda. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda.
Modelning 2011-2016 yillarda ishlab chiqarilgan nusxalari qaytarib olinmoqda. Aksariyat mashinalar (744 mingta) AQShdan qaytarilib olinmoqda. Ularda surilib chiquvchi eshiklarda nosozlik aniqlangan, ular harakat vaqtida o‘z-o‘zidan ochilib ketishi mumkin. Bu eshikning surilishiga nimadir xalaqit bersa va eshik blokiratori dezaktivatsiyalanishiga olib keluvchi elektr zanjiridagi ortiqcha yuklanish paydo bo‘lganda yuz beradi.
Kompaniyada bu kamchilikdan jabrlanganlar bo‘lgani ma'lum qilinmagan. Kompaniya bu nuqsonni bartaraf etish ustida ishlamoqda va 2017 yilning yanvar o‘rtalarida nosoz bo‘lishi mumkin bo‘lgan mashinalar haydovchilariga ta'mirlash ishlarini o‘tkazish uchun xizmat ko‘rsatish markazlariga kelish haqida ogohlantirishlar yubormoqchi. Ta'mirlash ishlari kompaniya hisobidan qoplanadi.
Aytish joizki, ushbu model bozordan birinchi marta qaytarilib olinishi emas. 2014 yilda kompaniya mashina tagida o‘rnatilgan zaxira g‘ildiragi mahkamligichidagi nuqson tufayli 450 mingta mashinani qaytarib olgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 09.12.2025
Toyota yetakchi, BYD shiddat bilan yaqinlashmoqda: dunyo avtobozori reytingi
09:00 / 15.11.2025
Toyota akademiyasi: sifat, ishonch va rivojlanishning yangi bosqichi
12:03 / 31.10.2025
Toyota yangi IMV Origin modelini taqdim etdi: bu mashinani har kim o‘zi yig‘adi
14:41 / 18.09.2025