Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabida 2016 yilgi “Formula-1” g‘olibi aniqlanadi
2016 yilgi “Formula-1” mashinalaridagi avtopoygalar jahon chempionatining so‘nggi, 21-bosqichi – Abu-Dabi Gran-prisi juma kuni ikkita erkin amaliyot bilan boshlanadi.
Joriy mavsumda intriga so‘nggi poygaga qadar saqlanib qoldi. “Mersedes” pilotlari britaniyalik Lyuis Xemilton va nemis Niko Rosberg chempion nomini haligacha oydinlashtirib olishmagan. Abu-Dabiga nemis sportchisi yetakchi sifatida tashrif buyurdi. Umumiy natijalarga ko‘ra, Rosberg jamoadoshini 12 ochkoga ortda qoldirmoqda.
O‘z faoliyatidagi birinchi sovrinni qo‘lga kiritish uchun u poygani uchinchi o‘rinda yakunlashi lozim. Uch karra jahon chempioni bo‘lgan Xemilton esa chiqishda eng kamida to‘rtinchi yoki finishda Rosberg top-10 ligidan joy olishi shart.
Eslatib o‘tamiz, “Formula-1” jadvalidagi Abu-Dabi bosqichi yetti yil avval, 2009 yilda paydo bo‘ldi. Uning eng asosiy xususiyati – poyga kun va tun alishayotgan payt o‘tkaziladi. Pilotlar quyosh nurlari ostida startga chiqib, sun'iy yoritish tizimi ishlayotgan mahal finishga yetib kelishadi. Bu yerdagi yettita poygadan uchtasi germaniyalik Sebastyan Fettelning foydasiga hal bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:35 / 18.05.2026
Abu-Dabidagi AES yaqinida dron hujumidan so‘ng yong‘in kelib chiqdi
11:34 / 04.04.2026
Abu-Dabida portlash: strategik gaz obekti nishonga olindi
13:07 / 03.03.2026
Zelenskiy: Rossiya va AQSh bilan uchrashuv boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin
23:52 / 28.02.2026