Rasmiy ma’lumotlarga köra, havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari kelayotgan raketa yoki dronni yöq qilgan, ammo uning parçalari gaz obekti hududiga tuşib, ikki nuqtada yonğin keltirib çiqargan.
Hodisa oqibatida bir Misr fuqarosi halok bölgan, yana tört kişi yengil jarohat olgan.
Mahalliy hokimiyatlar xabar berişiça, obektga “sezilarli darajada zarar yetgan” va hozirda zararni baholaş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan gaz majmuasi faoliyati vaqtinça töxtatilgan.
Habshan kompleksi BAAning eng yirik gaz qayta işlaş infratuzilmalaridan biri bölib, mamlakat energetika tizimida muhim örin tutadi.
Mutaxassislar bu hujumni Yaqin Şarqdagi kengayayotgan harbiy mojarolar bilan boğlamoqda. Oxirgi vaqtlarda mintaqada neft va gaz obektlariga qaratilgan zarbalar köpayib, global energiya bozorida xavotirlarni kuçaytirmoqda.














