Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2 mart kuni jurnalistlar bilan muloqotda 5–8 mart kunlariga Abu-Dabida rejalaştirilgan uç tomonlama muzokaralar hozirça bekor qilinmaganini aytdi. Uning sözlariga köra, Yaqin Şarqdagi harbiy harakatlar va BAA havo hududining yopilişi sabab uçraşuv aynan Abu-Dabida ötişini tasdiqlab bölmayapti.

“Uçraşuv 5–8 mart oraliğida, taxminan 5–6 mart kunlari Abu-Dabida rejalaştirilgan edi. Hozir jangovar harakatlar tufayli uning aynan şu yerda bölişini tasdiqlay olmaymiz. Biroq heç kim uçraşuvni bekor qilgani yöq”, — dedi Zelenskiy.

U ehtimoliy maydonlar sifatida Turkiya va Şveytsariyani sanab ötdi. “Biz bu maydonlarning har qaysisini qöllab-quvvatlaymiz. Uçraşuv bölişi kerak, u biz uçun muhim. Nafaqat uçraşuvning özi, balki natijalar va almaşinuv masalasi ham muhim”, — deya ta’kidladi u. Ukraina tomoni hozir şeriklardan muzokara ötkaziladigan joy böyiça javob kutmoqda.

Bloomberg agentligi manbasiga köra, BAA havo hududi raketalar va dron hujumlari xavfi sabab yopilgani uçun muzokaralar Abu-Dabida ötişi ehtimoli past. Muqobil variant sifatida Istanbul körib çiqilmoqda.

Yanvar oxiri – fevral boşida 2022 yil fevralda boşlangan keng kölamli uruşdan beri ilk bor uç tomonlama muzokaralar Abu-Dabida ötgan edi. Fevral örtalarida şu formatdagi uçraşuv Jyenevada ötkazilgan. Istanbulda esa Rossiya va Ukraina örtasida AQŞ iştirokisiz muzokaralar oxirgi marta 2025 yil iyul oyi oxirida taşkillaştirilgan.

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy amaliyoti esa davom etmoqda. 28 fevral kuni Isroil va AQŞ Eron hududiga zarbalar bergan. AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy dasturini yöq qiliş niyatida ekanini bildirgan va mojaro “taxminan tört hafta” davom etişi mumkinligini aytgan.

Eron Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotiga köra, zarbalar natijasida kamida 555 kişi halok bölgan. Ayni paytda Ali Xominaiy va bir qator yuqori lavozimli kuç tuzilmalari vakillari halok bölgani tasdiqlangan.

Tehron esa AQŞ bilan muzokaralardan boş tortganini ma’lum qilib, Isroil va mintaqaning boşqa davlatlari hududiga zarbalar bergan. Şuningdek, Eron droni Kiprdagi Britaniya aviabazasiga hujum qilgani ma’lum böldi.