Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashxobod V Osiyo O‘yinlarini o‘tkazishga tayyor ekanligi ma'lum qilindi
Foto: Ashgabat2017.gov.tm
Turkmaniston poytaxti Ashxobod 2017 yilda o‘tkaziladigan V Osiyo O‘yinlarini qabul qiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda bo‘lib o‘tadigan V Osiyo O‘yinlarini o‘tkazishga Ashxobodda qurilishi rejalashtirilgan sport infratuzilmasining 80−85 foizi tayyor holatga keltirilgan. Qolgan sport inshootlari esa 2017 yilning birinchi yarmida foydalanishga topshirilishi aytilgan. Bu haqda Turkmanistonning Toshkentdagi elchixonasi ma'lumotiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun: V Osiyo O‘yinlarining yopiq inshootlardagi bahslariga 2017 yil 17 sentabrda start beriladi. Musobaqaga Osiyoning 45 hamda Avstraliya va Okeaniyadan 17 davlat vakili sportning 21 turi bo‘yicha bellashishadi.
Osiyo O‘yinlariga turli mamlakatlardan 200 mingdan ziyod ishqibozlarning tashrif buyurishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz: 30 sport obektini o‘z ichiga Olimpiya shaharchasi qurilishi 2010 yilning 5 noyabr kuni boshlangan edi. Majmuaning umumiy maydoni 157 ga ni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026