Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butun dunyo bo‘ylab bank kartalaridan 5 milliard dollar o‘marildi
Foto: © RIA Novosti
2016 yilda butun dunyo bo‘ylab to‘lov kartalaridan aldov yo‘li bilan 5,5 milliard dollar yechib olingan, xabar bermoqda Statistic Brain.
Qancha ko‘p kishi to‘lov kartalaridan foydalansa, firibgarlar tomonidan o‘marilgan mablag‘ miqdori ham shunchalik oshib bormoqda. Butun dunyodagi xaridorlarning 30 foizi karta firibgarlari bilan to‘qnash kelgan, Business Insider tadqiqoti asosida.
Bunday yo‘l bilan firibgarlik qilish holati eng ko‘p AQShda qayd etiladi. 2016 yilda amerikalikning 47 foizda bank kartalaridan mablag‘lar o‘g‘irlangan. Dunyo bo‘yicha esa karta egalari joriy yilda o‘rtacha 399 dollardan ayrilishgan.
Mutaxassislar firibgarlik holatining ko‘payishiga bir necha sababni ko‘rsatishdi. Ulardan biri – onlayn-shoppingning ommalashishi.
Bunda beriladigan bir qator tavsiyalarga e'tiboringizni qaratamiz:
Xarid amalga oshirilayotgan do‘konni yaxshilab tekshirish (U taniqli va xaridorlar ishonchini qozongan bo‘lishi lozim).
Kelishuv shartlarini diqqat bilan o‘qib chiqish (Odatda kishilar to‘g‘ri belgisini qo‘yib qo‘ya qolishadi. Aynan shartlar do‘konning ishonchliligi va obro‘-e'tiboridan darak beradi)
Tarmoq ulanishi xavfsizligini nazorat qilish (Shaxsiy va to‘lov kartasi ma'lumotlarini ulanish himoyalanmagan bo‘lsa kiritmaslik lozim).
Internet-xaridlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri to‘lov kartasini tanlash (Bir necha kartalari bo‘lgan foydalanuvchilar onlayn-xaridlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan kartani ishlatgani ma'qul).
Eslatib o‘tamiz, bugun dunyoda “qora juma” boshlandi. O‘z mablag‘ingizni iqtisod qilish va firibgarlar to‘riga ilinmaslik uchun berilgan maslahatlarni yodda tuting.
Mavzuga oid
16:08
Norvegiya va Latviyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
10:13
Turkiyada yashirinib yurgan shaxs ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi
12:11 / 16.12.2025
28 mln so‘mlik jarimani “yo‘q qilib berish”ni va’da qilgan yuriskonsult ushlandi
10:52 / 13.12.2025