Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya sobiq bosh vaziri: Parij Moskva hamda Vashingtondan birini tanlashga majbur bo‘lmaydi
Fransiya sobiq bosh vaziri, Bordo shahri hokimi Alen Jyuppe rasmiy Parijning jahon siyosatidagi yetakchilik o‘rnini tiklashga va'da bermoqda. U davlat rahbarligiga saylansa, shu maqsadga qaratilgan tashqi siyosat olib boradi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Jyuppening ta'kidlashicha, u yetakchilik qiladigan Fransiya o‘z harakatlarida erkin bo‘ladi hamda Parij Moskva va Vashingtondan birini tanlashga majbur bo‘lmaydi.
«Fransiya o‘zligini saqlab qolishi kerak. Men u yoki bu tomon tarafdori emasman. Fransiya uzoq vaqtlar davomida bo‘lganidek, jahonning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lishi lozim. Biz BMT XKning doimiy a'zosimiz. Yadroviy davlatmiz, bizning diplomatiyamiz juda faol. Biroq, iqtisodiyotimiz zaif. Men Fransiya ovozini kuchaytirishni, iqtisodiy imkoniyatlarimizni tiklashni, hamkorlarimiz ishonchini oqlashni xohlayman. Shundan so‘ng, biz harakatlarimizda erkin bo‘lamiz va Vashington hamda Moskvadan birini tanlashga majbur bo‘lmaymiz», — deya bayonot bergan sobiq bosh vazir Fransiya prezidentligi uchun ilk saylovoldi debatlarida.
U, shuningdek, Parij AQShning yaqin ittifoqchisi bo‘lib qolayotganiga qaramay, Vashingtonni savdo, xavfsizlik va geosiyosatda faqatgina o‘z manfaatlari qiziqtirishini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
09:32 / 26.01.2026
Rossiyaning “yashirin flot”ga mansub kema kapitani Fransiyada hibsga olindi
13:55 / 24.01.2026
Qilichbozlik bo‘yicha YeCh Tallindan Fransiyaga ko‘chirildi: sabab - vizalar
10:03 / 23.01.2026
Fransiya O‘rta Yer dengizida Rossiya tankerini ushladi
22:54 / 22.01.2026