Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
Fransiya prezidenti shuningdek, Belarus yetakchisini Minsk va Yevropa orasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun zarur qadamlar tashlashga da’vat qildi.
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali qilgan muloqotida uni Minskning Ukraina nizosida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Bu haqda Agence France Presse xabar berdi.
"Fransiya prezidenti Belarus Ukrainadagi urushga qo‘shilgan taqdirda duch kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida ogohlantirdi. U shuningdek, Lukashenkoni Belarus va Yevropa orasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun zarur qadamlar tashlashga chaqirdi", - deya iqtibos keltirdi agentlik o‘z manbasiga tayanib.
Avvalroq "Pul pervogo" Telegram-kanali ikki davlat yetakchilari telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergandi. Ta’kidlanishicha, suhbat Fransiya tomonining tashabbusi bilan o‘tkazilgan.
Lukashenko va Makron oxirgi marta 2022 yil 26 fevralda telefon orqali muloqot qilgandi.
Mavzuga oid
09:55 / 03.07.2026
Minsk Rossiyaga safarlar bo‘yicha ogohlantirish berdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026