Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada pichoq bilan qurollangan kimsa qariyalar uyida yashovchilarga hujum qildi
25 noyabrga o‘tar kechasi pichoq va kalta miltiq bilan qurollangan noma'lum erkak Fransiya janubida joylashgan qariyalar uyiga bostirib kirib, u yerda yashaydigan keksalarga hujum qilgan. Hujum oqibatida bir ayol halok bo‘lgan.
France Presse axborot agentligi ma'lum qilishicha, voqea Monfere-syur-Le shahrida yuz bergan. Jinoyatchi niqobda bo‘lgan. U bino ichiga ayol qo‘riqchining oyoq-qo‘llarini bog‘lab kira olgan. Aynan ayol qo‘riqchi jinoyat qurboni bo‘lgan.
Voqea joyiga politsiya maxsus kuchlari otryadi yetib kelgan.
Qariyalar uyida Afrikadagi turli missiyalarda ishlagan 70 ga yaqin keksa rohib (missioner) yashagan.
Mahalliy politsiyaning ta'kidlashicha, hujum terrorchilikka hech qanday aloqasi yo‘q.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026