iPhone 8 kamerasining tafsilotlari oshkor etildi
Apple kompaniyasi LG Innotek bilan hamkorlikda iPhone 8 uchun yangi kamerani ishlab chiqmoqda. U keng qamrovli 3D-fotosuratlarini olishi mumkin, xabar bermoqda 9to5mac.
“Apple ayni damda LG Innotek’ning juft modulida 3D-kamerasi texnologiyasini qo‘llash haqida bosh qotirmoqda. LG Innotek’da 3D-kameralar va boshqa tegishli texnologiyalar bo‘yicha ishlanmalar mavjud. Har ikki kompaniyaning o‘zaro hamkorligi joriy yildayoq yaxshi natijaga olib kelishi mumkin”, - ta'kidlab o‘tdi vaziyat bilan tanish manba.
Gap iPhone 8’da kelasi yili paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkita asosiy kamera haqida ketmoqda. Apple 2015 yilda Isroilning LinX Computational Imaging startapini xarid qilgan. U mobil uskunalaridagi kameralarga ixtisoslashgan bo‘lib, kelishuv 20 million dollarga tushdi. Kompaniya 2011 yildan beri ishlab kelgan texnologiya esa fotosuratlarga chuqurlik berib, rangli tasvirni uch darajaga bo‘lib tashlashi mumkin.
Mavzuga oid
18:04 / 23.11.2024
Apple Siri ovozli yordamchisini ChatGPTning raqobatchisiga aylantirmoqchi
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024